Arribas: «Bellingem butun bir davrga o‘z chizgilarini bera oladigan futbolchi»

«Almeriya» yarim himoyachisi Serxio Arribas «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘yini haqida gapirdi.

«Men uning «Real»ga bunday ta’sir ko‘rsatishini kutmagandim. U dunyoning eng yaxshi jamoasiga juda yaxshi moslashdi.

Bu butun bir davrga o‘z chizgilarini bera oladigan futbolchi», – deya Arribasning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Bellingem o‘tgan yozda «Real»ga o‘tgandi. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 24 uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter