Simeone: «Jamoada harakter borligini ko‘rsata oldik»

Italiyaning “Napoli” klubi so‘nggi omadsizliklardan o‘zini tiklay oldi, chempionatning amaldagi g‘olibi Italiya Superkubogi yarim finalida “Fiorentina” darvozasiga javobsiz uchta gol urib, mag‘lub etdi. Neapolliklar hujumchisi Jovanni Simeone g‘alabani «muhim signal» deb atadi:

«Yoqimli g‘alaba, ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Ba’zi lahzalarda qiynalib, himoyalanishga majbur bo‘ldik, ammo raqibni yaxshi yopdik. Bugungi natija bizda xarakter borligini ko‘rsatadi», – deya argentinalik hujumchining so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter