Allegri: «Yaxshi o‘yin o‘tkazdik»

Massimiliano Allegri A Seriyada «Fiorentina» bilan o‘yin (1:0) natijalarini sarhisob qildi.

«Meni eng quvontirgani uch ochko va yigitlar g‘alaba qozonishni xohlashdi hamda juda yaxshi futbol ko‘rsatgan «Fiorentina»ni mag‘lub etish imkoniyatini izlashdi.

«Fiorentina»ga qarshi o‘yin har doim juda qiyin – ularning barcha o‘yinchilari to‘p chizig‘idan yuqorida va maydonda ko‘p harakat qilishadi, shuning uchun ham oson bo‘lmadi.

Yaxshi golli hujum uyushtirdik. Birinchi bo‘limda biz ko‘proq azob chekishimizga to‘g‘ri keldi, ikkinchi bo‘limda esa Shchesni ko‘p seyv qilishga majbur bo‘lmadi», — dedi «Yuventus» bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter