«Renn» Matichdan tushuntirish kutmoqda
Serbiyalik yarim himoyachi Nemanya Matichning amaldagi klubi «Renn» futbolchidan tushuntirish kutmoqda, deb yozadi klub matbuot xizmati.
Gap shundaki, yarim himoyachi jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi va bu klub rahbariyatiga rostdan ham yoqmadi.
2025 yilgacha serb futbolchisi klub bilan amaldagi shartnomaga ega. Hammasi Matichni «Renn»ni tark etish tomon ketmoqda.
Avvalroq futbolchi Angliyaga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.
Nemanya Liga 1ning taniqli klubiga ham borishi mumkin. Aniqlik kiritilishicha, Matich «Renn»dagi muhitdan mamnun emas.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/