«Lion» Matichni xarid qilmoqchi

«Chelsi» va «Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Renn»da to‘p tepayotgan Nemanya Matich «Lion»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Bu haqda jurnalist Ekrem Ko‘nur X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «sherlar» vakillari «Renn» rahbariyati bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq Matich o‘z klubidan mamnun emasligi va u bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Matich avgust oyida «Roma»dan 2,5 million yevro evaziga «Renn» futbolchisiga aylandi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 19ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 3,5 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter