Mourinyo «Atalanta» bilan o‘yinda maydondan chetlatildi

Joze Mourinyo A Seriyaning “Atalanta”ga qarshi o‘yin oxirida maydondan chetlatildi.

«Roma» bosh murabbiyi ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida bosh hakam Janluka Aurelianoning qaroridan noroziligini juda jiddiy ohang bilan bildirgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi. Portugaliyalik o‘yinning birinchi bo‘limida tanaffus oldidan birinchi ogohlantirishni ham tortishgani uchun olgandi.

14 yanvar kuni «Milan»ga qarshi o‘yinda Mourinyo jamoa zaxirasida bo‘lmaydi.

«Atalanta»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Roma» ustozining o‘zi ham, futbolchilar ham, menejerlar ham matbuot bilan muloqot qilishni rad etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter