«Tottenxem»ning sobiq hujumchisi APLga qaytishi mumkin
Hujumchi Stiven Bergveyn Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi taniqli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 26 yoshli Bergveyn «Vest Xem»ning transfer maqsadi hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Bergveynga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda. Agar yaxshi taklif tushsa, «Ayaks» futbolchini sotishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Bergveyn avvalroq Angliyada «Tottenxem» safida o‘ynagan. Joriy mavsumni oladigan bo‘lsak, Bergveyn 20 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda niderlandiyalik futbolchi sakkizta gol urdi va sheriklariga uchta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/