«MYU» Varan bilan bir shart evaziga yangi shartnoma imzolashga tayyor

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Rafael Varan klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi avval o‘ylangandek 2025 yilda emas, joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Mish-mishlar 30 yoshli futbolchining «Real Madrid»ga qaytishi va Saudiya Arabistoniga o‘tishi bilan bog‘lashmoqda, «Bavariya» ham markaziy himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Kris Uilerning yozishicha, “Manchester Yunayted” Varanga maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozir futbolchi haftasiga 390 ming yevrodan ko‘proq maosh oladi va klub rahbariyati xuddi shu shartlar asosida hamkorlikni davom ettirishga tayyor emas.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter