Kyayer «Milan»dan ketadi
Mavsum oxirida «Milan» daniyalik himoyachi Simon Kyayer bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi – u 2019 yildan buyon o‘ynab kelayotgan klubini tark etish niyatida. Uning shartnomasi yozda tugaydi va tomonlarning hech biri uni uzaytirish niyatida emas – “Milan” yoshroq himoyachi qidiradi, Kyayer esa o‘ziga oddiyroq klub va chempionat qidiradi.
«Rostini aytsam, men o‘zimni Daniya klubida ko‘rmayapman», – deya himoyachining so‘zlarini keltiradi Simonkjaergifs.com.
Ayni damda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/