Zelinskining ehtimoliy maoshi ma’lum bo‘ldi

«Napoli» yarim himoyachisi Piotr Zelinski «Inter»ga o‘tishga rozi bo‘ldi.

Futbolchining «neradzurrilar» bilan og‘zaki kelishuvi bir necha kun oldin ma’lum bo‘lgan edi. Jurnalist Paskal Guarro xabariga ko‘ra, yarim himoyachi «Inter» bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan uch yillik shartnoma imzolaydi.

29 yoshli polyakning yangi klubidagi maoshi yiliga 4,5 million yevroni tashkil qiladi. Milanliklar yanvar oyi boshida futbolchining yozgi transferini rasmiylashtirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Piotr Zelinskiga «Yuventus» ham qiziqayotgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi «Napoli» bilan muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter