Ten Xag: «Bosim ostida ham ajoyib futbol o‘ynadik»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘z jamoasining kuchiga ishonchi komil.

APLning so‘nggi turida «qizil iblislar» o‘z maydonida «Bornmut»ga mag‘lub bo‘ldi (0:3), seshanba kuni «Bavariya» bilan Yevropa chempionlar ligasi o‘yinida (0:1) yevrokubok bilan xayrlashib, ochko ololmadi.

«Men o‘yinchilarning mashg‘ulot maydonida ko‘rsatayotgan sifatini ko‘ryapman, lekin buni o‘yin davomida isbotlash kerak, to‘g‘rimi?

Jamoa buni haqiqatan ham ba’zi o‘yinlarda isbotladi – bosim ostida ham ajoyib futbol o‘ynadik. Bizda yuqori ko‘rsatkichlar bor, lekin ba’zida biz juda pastga tushamiz», – dedi Ten Xag. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter