«Liverpul» futbolchisi: «Matipning jarohat olgani achinarli»
«Liverpul» himoyachisi Djarell Kuansa Yevropa ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan Belgiyaning «Yunion» jamoasi qarshi o‘yindan so‘ng (1:2) o‘z maqsadi – jamoaning asosiy markaziy himoyachisiga aylanish haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli angliyalik futbolchi so‘nggi uchrashuvda «qizillar»ning yagona goliga mualliflik qilgandi.
«Bu Joel (Matip) bilan sodir bo‘lganligi juda achinarli va men uni his qilyapman, lekin mening fikrim uning o‘rnini egallashga harakat qilish va yakunda Premyer-ligada asosiy markaziy himoyachiga aylanish.
Men shunchaki harakat qilaman va qachon imkonim bo‘lsa, umid qilamanki, ko‘proq bo‘ladi, men faqat oldinga intilaman va o‘zim bo‘lishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi markaziy himoyachi bo‘lishga harakat qilaman», – dedi Kuansa Daily Mail bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Matip tizzasidan jarohat olgan va bu mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
20 yoshli Kuansa joriy mavsumda «Liverpul»ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/