«Liverpul» himoyachisi jamoani tark etishi mumkin

«Liverpul» markaziy himoyachisi Joel Matip Angliya premyer-ligasini tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli kamerunlik futbolchi «Al-Ittifoq» klubi tomonidan kuzatuvda. Joelning transfer narxi 12 million yevroga baholanmoqda va uning mehnat shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Matip 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter