Fabinyo: «Liverpul» peshqadamlik qilayotganidan xursandman»

«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Fabinyo «mersisaydliklar»ning joriy mavsumdagi o‘yini haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, yozda braziliyalik futbolchi «Enfild»ni tark etib, «Al-Ittihod»ga o‘tgandi.

«Liverpul» APL turnir jadvalida peshqadamlik qilayotganidan juda xursandman, ammo oldinda hali ko‘p turlar bor. «Arsenal», «Manchester Siti» va «Aston Villa» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ular chempionlik uchun kurashishga qodir. «Liverpul» 90-daqiqadan keyin o‘yinlarda g‘alaba qozonish va gol urish yo‘lini topdi. Bu jamoaning ruhiyati qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Bu Premyer-ligada g‘alaba qozonish uchun juda muhim», – dedi Fabinyo.

Fabinyo avvalroq 2019/20 yilgi mavsumda «Liverpul» bilan Premyer-ligada g‘olib chiqqan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter