“Beshiktosh” 5 nafar futbolchisini tarkibdan chetlatdi

Istanbulning “Beshiktosh” klubi birdaniga besh nafar futbolchisini jamoadan chiqarib yubordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu ro‘yxatga Vinsent Abubakar, Erik Bayi, Valentin Roziyer, Rachid Gezzal va Jan Onana kiradi. Bu besh nafari yomon o‘yin ko‘rsatgani uchun jamoadan chetlatilgan. Klubdan ma’lum qilishlaricha, ular jamoa tarkibini qayta qurish ustida ish boshlagan.

Turkiya chempionatining 15-turi yakunlariga ko‘ra, “Beshiktosh” 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Fenerbaxche”dan 14 ochko ortda qolmoqda. Superligadagi navbatdagi o‘yinni “burgutlar” “Rizespor”ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter