Lineker «MYU»ning mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «Manchester Yunayted»ning «Bornmut»dan uchralgan mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.

APLning 16-turidan o‘rin olgan uchrashuv “Manchester Yunayted”ning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

«Oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan va bir dam olish kunlarida ishdan ayrilgan kimdir bormi?» — deb yozdi Lineker ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq «mankunianliklar» bosh murabbiyi Erik ten Xag APLda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyiga aylangandi.

Bu «Manchester Yunayted»ning joriy mavsumda APLdagi 7-mag‘lubiyati bo‘ldi. Ten Xag jamoasi 27 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinda qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter