«Manchester Yunayted» qishda transferlarga qo‘l uradimi?
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag qishki transferlar oynasida jamoasining ehtimoliy xaridlari haqida gapirdi.
«O‘ylaymanki, biz qishda o‘yinchilarni sotib olamiz. Shunday bo‘lsa ham, biz eng yaxshi o‘yinchilarni qo‘lga kiritish tamoyiliga qat’iy amal qilishimiz kerak. Jamoamizni chindan ham kuchaytira oladiganlar bizga kerak.
Lekin biz eng avvalo klubimiz futbolchilarining hozirgi formasi haqida o‘ylaymiz. Biz ularning har biridan mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda 100% majburiyatni kutamiz», – dedi murabbiy.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/