O‘z vaqtida «Navbahor» bilan «sen-menga» borgan Kanchelskis endi «Tobol» bilan sudlashmoqda

«Tobol» bosh direktori Andrey Kanchelskisning aytishicha, u hamon Qozog‘iston klubida o‘z o‘rnini egallab turibdi va uning ishiga Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) aralashgan.

«Tobol» bilan sud jarayoni davom etmoqda, hali kech emas, men klubni tark etganim yo‘q. Advokatlar ishlaydi, uchrashamiz va muhokama qilamiz. Aytganimdek, nima bo‘layotganini tushunish uchun biz Qozog‘iston prezidentiga murojaat qilamiz. Bunaqa firibgarlar va tovlamachilarga futbolda ishlashga qanday ruxsat berilganini tushunmayman. Mening rejam nima? Faqat bitta reja bor – kommunizm qurish.

Ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan vaziyat haqida xabar beraman. Nega intervyumni efirga chiqarish taqiqlangani haqida hali ham savollarim bor. Ko‘ramiz, hokimlar qanday munosabatda bo‘lishadi. Hozir FIFA bu ishga aralashdi, shuning uchun bu firibgarlar katta muammolarga duch kelishadi, hamma ular haqida hamma narsani bilib oladi. Kelajakda ularga futbolda ishlash juda qiyin bo‘ladi», – dedi Kanchelskisning «Match TV» bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter