«Luton» ustozi: «Mag‘lubiyatdan ranjidim, lekin futbolchilarim bilan faxrlanaman»

«Luton» bosh murabbiyi Rob Edvards «Arsenal»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (3:4) o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

Edvards shogirdlari 90+7-daqiqada hal qiluvchi golni o‘tkazib yuborishdi.

«Men yigitlar bilan juda faxrlanaman, lekin mag‘lubiyatdan hafsalam pir bo‘ldi va xafa bo‘ldim. Biz takomillashtirishda davom etishimiz kerak.

Uchinchi golimiz o‘yinimizning odamlar ko‘rmaydigan tomonini ko‘rsatdi. Men bu futbolchilar bilan har kuni ishlashni yaxshi ko‘raman. Ular texnik va taktik jihatdan yaxshi va bu jamoa dunyoning eng yuqori ligasida rivojlanmoqda – biz yaxshilanmoqdamiz va bu menga katta ishonch bag‘ishlaydi.

Bizda bir nechta g‘alabalar bor, lekin biz ko‘proq narsani xohlaymiz. “Liverpul”ga qarshi o‘yinda ochko qo‘lga kiritdik va “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda unga yaqin edik.

Biz bu jamoaga ishonamiz, men bu jamoaga ishonaman. Umid qilamizki, biz o‘zgacha narsaga erisha olamiz”, — dedi Edvards BBC bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter