«Barselona»ning yana bir futbolchisi «Inter Mayami»ga o‘tishi mumkin

«Barselona» klubining yana bir futbolchisi Amerikaning «Inter Mayami» klubiga o‘tishi mumkin. Florida jamoasining hozirgi o‘yinchilari orasida himoyachi Jordi Alba, yarim himoyachi Serxio Buskets va Lionel Messi bor.

Todofichajes jurnalistlarining xabar berishicha, «Inter Mayami» kataloniyalik yarim himoyachi Serxi Robertoga qiziqmoqda.

31 yoshli futbolchi MLS klubi safiga qo‘shilishi mumkin, chunki uning «Barselona» bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmayapti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter