De Xeada yana o‘zini APLda ko‘rsatish uchun imkoniyat bor

«Nyukasl» «Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni, hozirda erkin agent bo‘lgan David de Xea bilan qiziqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

«Nyukasl» jarohat olgan Nik Poup o‘rniga futbolchi qidirmoqda. Qayd etilishicha, klub rahbariyati 31 yoshli darvozabonning amaldagi o‘rinbosarlari yo‘qotishning o‘rnini munosib tarzda qoplay olishiga ishonchi komil emas.

33 yoshli de Xea xizmatiga «Tottenxem» ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter