Qilichbozlarimizdan oltin dubl
Turkiyaning Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi O‘zbekiston terma jamoasi uchun ajoyib yakunlandi. Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda qizlarimiz ham, yigitlarimiz ham dunyoning kuchli jamoalarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Xalqaro qilichbozlik federasiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etilgan yigitlarimiz musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlarimiz esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi.
Yigitlar:
1) O‘zbekiston
2) Turkiya
3) Ruminiya
Qizlar:
1) O‘zbekiston
2) Italiya
3) Polsha
Manba: Olympic.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/