Qilichbochbozlik. Qizlarimiz jahon kubogida jamoaviy dasturda oltin medallarga sazovor bo‘lishdi

Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlar O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dog‘da qoldirib, oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Hamyurtlarimiz final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Eslatib o‘tamiz, yakkalik yo‘nalishida kechgan bahslarda Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter