«Real» Modrichga o‘rinbosar topdi

Madridning «Real» klubi yaqin orada jamoani tark etadigan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichga o‘rinbosar qidirmoqda.

Tajribali futbolchining MLS va Saudiya Arabistonida o‘ynash imkoniyatlari bor.

Todofichajes xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 38 yoshli Modrich o‘rniga Angliya terma jamoasi va «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Raysni qo‘lga kiritmoqchi. Potensial transfer summasi 100 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Deklan o‘tgan yozda «Vest Xem»dan «kanonirlar» lageriga ko‘chib o‘tgandi. 24 yoshli futbolchi Londonning top-klubi bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter