«PSJ» qishdagi asosiy maqsadini belgilab oldi

«Vulverxempton»ning chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri «PSJ»ning qiziqishlari ro‘yxatida.

Parijliklar avvalroq xabar qilinganidek, yanvar oyida himoyaning chap tomonini kuchaytirish niyatida. «PSJ» sport direktori Luish Kampush Ait-Nurini qishki transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgiladi, deya xabar beradi «SportsZone». Kelishuvni yakunlash uchun Liga 1 giganti jazoirlikning agenti Jorje Mendeshni ishontirishi kerak – agent mijozi parijliklar safida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonchi komil emas.

Rayan Ait-Nuri joriy mavsum “bo‘rilar” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter