«Yuventus»ning asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi

Turinning «Yuventus» klubi yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi. Tuttojuve xabariga ko‘ra, «keksa sinyora» bor kuchini «Udineze»dan yarim himoyachi Lazar Samardjichni qo‘lga kiritish uchun sarflaydi.

«Yuventus» Serbiya terma jamoasi futbolchisini sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi, agar jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olsa, bu majburiy sotib olishga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Turinning «Yuventus» klubi o‘tgan yozda 21 yoshli Samarjichni sotib olishga uringandi, ammo keyin kelishuv amalga oshmadi. Italiya A Seriyasining ushbu mavsumida Lazar sakkizta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter