Pike: «Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ko‘p narsani anglatadi»

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jerar Pike 2021/2022 yilgi mavsumda «Real»ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasini esladi.

«Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ko‘p narsani anglatadi. Men «Real»ni qandaydir tarzda kamsitmoqchi emasman.

Biroq, o‘sha qur’a natijasiga ko‘ra madridliklar raqibidan ustun emasligi aniq edi. O‘sha turnirda juda ko‘p aql bovar qilmas narsalar va kambeklar sodir bo‘ldi. «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alaba nimaga arzishini kimdir tushuntirib bera oladimi?, – dedi Pike.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi final uchrashuvida madridliklar Angliyaning «Liverpul» klubini minimal hisobda mag‘lub etgandi (1:0).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter