«PSJ»ning 17 yoshli iqtidori Fransiya terma jamoasiga chaqiriladi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 18 va 21 noyabr kunlari Gibraltar va Gresiyaga qarshi Yevro-2024 saralash o‘yinlari uchun futbolchilar ro‘yxatini payshanba kuni e’lon qilishi kerak.
Le Parisen xabariga ko‘ra, «PSJ»ning 17 yoshli yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri terma jamoaga debyut chaqiruvini olishi kutilmoqda. Bungacha u faqat yoshlar jamoasida o‘ynagan.
Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.
Uorren joriy mavsum “PSJ” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/