«Yuventus» Fajolini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

«Yuventus» yarim himoyachisi Nikolo Fajoli yaqinda klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv seshanba kuni rasman e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 yoshli futbolchi noqonuniy pul tikish tufayli may oyiga qadar futboldan chetlashtirilgan edi.

«Biz Fadjolini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning vazifamiz unga keyingi oylarda barcha kerakli yordamni ko‘rsatishdir. Bu shartnomani uzaytirishning sabablaridan biri, ammo yagona emas. Nikolo jamoamiz uchun juda muhim futbolchi, uning texnik mahorati va taktik aql-zakovati hammaga ma’lum. U qattiq ishlashi kerakligini biladi, chunki biz unga ishonamiz va uning qaytishini kutamiz», – deya «Yuventus» sport direktori Krishtianu Juntoli so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter