Zeedorf APLda o‘ynashi mumkin bo‘lgan ikki klub nomini aytdi

«Milan» klubi va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf Angliya chempionati jamoalariga amalga oshmagan transferlar haqida gapirdi.

«Menga bir necha bor Premyer-liga jamoalari qiziqish bildirishdi. «Ayaks»dan ketganimdan keyin «Manchester Yunayted» va «Arsenal»dan takliflar bo‘lgandi. Bu ikki jamoa «Sampdoriya»dan ketgach, «Real»ga o‘tishimdan oldin ham menga qiziqish bildirishgandi. «Real»dan ketganimdan so‘ng «Inter»ni tanladim, «Arsenal» va «Manchester Yunayted» menga yana takliflar yubordi.

Balki meni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan APLning boshqa klublari ham bo‘lgandir. Lekin o‘sha paytda Italiya chempionati bugungi APL kabi mashhur joy edi. Afsuski, Angliyada o‘ynay olmadim. Ammo bu holatda faoliyatim qanday kechishini hech kim bilmaydi,» – deya Zeedorfning so‘zlarini keltiradi Prime Video Sport.

Klarens Zeedorf faoliyati davomida «Ayaks», «Sampdoriya», «Real», «Inter», «Milan» va «Botafogo» klublarida o‘ynagan. Niderlandiyalik sobiq futbolchi 2014 yilda faoliyatini yakunlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter