Eyong «Barsa» va APL klublari short-listidan o‘rin olgan
Ispaniyaning «Levante» klubi hujumchisi Karl Etta Eyongga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, hozirda Afrika kubogida ishtirok etayotgan 22 yoshli kamerunlik forvard shu turnir davomida «Barselona» va APLning bir qator klublari skautlari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi.
Eyong kecha Kamerun terma jamoasiga turnirning ilk turida Gabon ustidan g‘alaba taqdim etgan gol muallifi bo‘ldi – 1:0.
Hozirda Transfermarkt 20 million yevroga baholayotgan forvardning Valensiya shahri klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/