Ronalduning gollari «An-Nasr»ni oldinga yetaklamoqda

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Al-Vahda”ga qarshi o‘yinda (3:1) gol urdi.

Portugaliyalik 49-daqiqada gol urdi. Bu uning joriy mavsumdagi ligadagi 13-goli.

38 yoshli hujumchi joriy mavsumda “An-Nasr” safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 16 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

Riyodliklar 13 uchrashuvda 31 ochko jamg‘argan holda chempionatda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Faqat “Al-Hilol” ulardan oldinda – 35 ochko.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter