Messi: «Har bir soniyadan zavq olishni xohlardim»

Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozongach, hissiyotlari haqida gapirdi.

– Montiel g‘alaba keltirgan penaltini tepganda o‘zingizni qanday his qildingiz?

«Boshimdan minglab fikrlar chaqnadi… Ayni damda nimani his qilayotganimni tushuntirish qiyin. Bu lahzani baham ko‘rishlari uchun tribunalardagi oilalarga qo‘l silkish muhim edi.

Men shu daqiqani uzoq kutganimdan so‘ng, «Mana shunaqa bo‘ladi», deb baqirib yuborganman. Men bu orzuim uchun butun umr kurashdim.

Bu mening orzuim edi, lekin bu mening oilam, do‘stlarim va butun Argentinaning ham orzusi edi. Men har bir soniyadan zavq olishni xohlardim», – dedi Messi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter