«Arsenal» Ramsdeylni asosiy tarkibga qaytaradi

«Arsenal» qishki transferlar oynasi oldidan bu muammoni hal qilishi kerak. Xabarlarga ko‘ra, Aron Ramsdeyl tez orada yana asosiy tarkibga qaytadi. Klub rahbariyati darvozabon borasidagi o‘sib borayotgan muammodan xavotirda.

Shu sabab Ramsdeylni qaytarishni o‘ylamoqda. 25 yoshli futbolchi qishda jamoadan ketishi bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi. Ramsdeyl Yevropa chempionatiga borish uchun doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. David Rayya esa so‘nggi o‘yinlarda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydi.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter