Gvardiola: «Xolanddan umidlar katta, ammo u yaxshi ishlayapti»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

«Xolanddan umidlar katta, ammo u yaxshi harakat qilmoqda. U mavsumning bu qismida o‘tgandagidan ko‘proq gol urishi mumkinligini biladi», – deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida Xoland 36 ta gol urib, bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha chempionlik rekordini o‘rnatgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter