Insayder Fabrisio Korona: «Inter» tarkibida «engil» futbolchi bor»
Jurnalist Fabrisio Koronaning aytishicha, «Inter» safida noan’anaviy yo‘nalishdagi futbolchi o‘ynaydi.
«Ijtimoiy tarmoqlarimda allaqachon «Inter»da gey futbolchi borligini yozgandim. Bu haqda boshqa hech narsa deya olmayman, chunki muammoga duch kelishim mumkin. Menimcha, bunday o‘yinchilar dunyoning barcha futbol klublarida bor, lekin buni hech kim tan olmaydi», – dedi jurnalist Tendenze Di Viaggio bilan suhbatda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida «Inter» 19 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. A Seriyaning navbatdagi uchrashuvida “neradzurrilar” “Torino” bilan uchrashadi. O‘yin 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/