Potter Sautgeyt o‘rnini egallashi mumkin

Angliya futbol assosiasiyasi Garet Sautgeyt bilan Yevro-2024dan keyin xayrlashsa, hozirdanoq rejalar tuzmoqda. «Uch sherlar» boshqaruviga nomzod sifatida «Nyukasl»dan Eddi Xau ko‘rsatilgan, biroq bu mutaxassis taklif chiqsa, uni rad etishi haqida ma’lumotlar bor.

The Telegraph nashrining yozishicha, nomzodlar orasida “Nottingem Forest”dan Stiv Kuper va “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Grem Potter bor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada Angliya terma jamoasi Italiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Turnir iyun-iyul oylarida Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter