Sautgeyt: «Shunday bo‘lishini taxmin qilgandim»

Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt «Nyukasl»yarim himoyachisi Elliot Anderson haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

«Elliot haqida yana gapiradigan bo‘lsam, avval ham aytganman: u yaxshi futbolchi. Uning Shotlandiya termasiga chaqirilishi ham bejiz emasdi. Men shunday bo‘lishini taxmin qilgandim. Bundan ortiq nimadir deyishim qiyin».

Anderson Angliyada tug‘ilgan. Ammo onasi tarafdan shotlandiyaliklarga borib taqaladi.

Manba: newsnow.co.uk

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter