Simon: «Bir kuni ular vannaxonaga kirib, unda nima qilayotganimni ko‘rishadi»
«Atletik» va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon jamoaning kiyinish xonalariga telekameralarni kiritish amaliyotini tanqid qildi.
«Bizga bu zarur deb aytishdi – hammasi shu. Menimcha, shaxsiy chegaralar belgilanishi kerak. Ammo bir kun kelib ular vannaxonaga kirib, unda nima qilayotganimni ko‘rishmoqchi bo‘lishyapti», – deya Simonning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ispaniya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini bugun, 15 oktyabr kuni Norvegiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/