Neymar o‘z murabbiyining iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkin

«Al-Hilol» hujumchisi Neymar jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning iste’fosini talab qildi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida O‘zbekistonning «Navbahor» klubiga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, 31 yoshli braziliyalik futbolchi mutaxassis bilan janjallashib qolgan.

Kiyinish xonasida Jezush futbolchini o‘yin vaqtidagi xatti-harakati uchun tanqid qildi – bir epizodda u raqibni turtib yubordi va yiqilganidan keyin to‘p bilan zarba berdi.

Neymarga murabbiyning xatti-harakati yoqmadi, forvard klub rahbariyatiga 69 yoshli portugaliyalikni ishdan bo‘shatish talabi bilan murojaat qildi.

Qayd etilishicha, Jezush jamoa rahbariyati bilan allaqachon uchrashuv o‘tkazgan va u yaqin orada natijalar yaxshilanmasa, uni iste’foga chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Neymar 2023 yilning avgustida «PSJ»dan «Al-Hilol»ga o‘tgan edi. Saudiya Arabistoni jamoasi safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter