Alaba maxsus mutaxassislar bilan ishlay boshladi
«Relevo» nashrining yozishicha, so‘nggi bir necha yil ichida Davib Alaba o‘z faoliyati davomida oldingidan ko‘ra ko‘proq mushak muammolarini rivojlantirdi. 22/23 mavsumda avstriyalik ushbu turdagi jarohat tufayli Madridning 13 ta uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
Shu munosabat bilan 31 yoshli himoyachi ushbu muammolarga yechim topish uchun yollangan mutaxassislar bilan uzluksiz ishlay boshladi.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Alaba «qirollik klubi» safida 11 o‘yindan 8 tasida harakat qildi (671 daqiqa, 3 o‘yin jarohat tufayli o‘tkazib yuborilgan).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/