Xanchjou-2022. Bugun yagona sportchimiz bahslarni g‘alaba bilan boshladi

Bugun Xanchjou-2022 19-yozgi Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetadi.

Ushbu kun dasturida karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahrizoda Ismatillayeva (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Hamyurtimiz nimchorak final bosqichi doirasida qirg‘izistonlik Umida Aysayevaga qarshi dayangi chiqib, 3-1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shahrizoda chorak finalda makaolik Man Vay Fongga qarshi jang qiladi.

Shuningdek, kechki dasturda musobaqaning tantanali yopilish marosimi o‘tkaziladi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter