Modrich Saudiya klubi bilan muzokara olib bormoqda

«Real Madrid»ning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan xorvatiyalik faxriy yulduz Luka Modrich boshqa Yevropa yulduzlaridan o‘rnak olib, Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

Todofichajes nashrining xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublardan birining vakillari allaqachon tajribali futbolchi bilan uchrashib, u bilan hamkorlikni muhokama qilishgan.

Lukaning MLSda ham varianti bor, unga «Inter Mayami» qiziqmoqda. Biroq, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar haligacha ijobiy olib borilmagan.

Modrichning «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter