Rabyo: «Garchi g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, xafaman»

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo Yevropa chempionati saralash bosqichining 7-turi doirasidagi Niderlandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) biroz xafa bo‘lganini aytdi. Unga ko‘ra, jamoaning maqsadi gol o‘tkazib yubormaslik edi.

«Natijadan mamnunmiz, lekin to‘g‘risini aytsam, maqsadimiz gol o‘tkazib yuborish emas edi. Shu sababli, gol o‘tkazib yuborganimizdan biroz xafaman. Biz mukammallikka intilamiz», – dedi Rabyo «Reyter» bilan suhbatda.

Didye Desham shogirdlari 18 ochko jamg‘arib, Yevro-2024 final bosqichiga yo‘llanmani kafolatladi. Fransiya «V» guruhida eng yaqin ta’qibchisidan 6 ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter