Montella: «Xorvatiya ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba men uchun yaxshi start»

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan italiyalik mutaxassis Vinchenso Montella Yevropa chempionati-2024 saralash bosqichi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.Turklar 1:0 hisobdagi minimal g‘alabani tantana qilishdi.

«Bu men uchun yaxshi boshlanish. Futbolchilarim bor kuchlarini berib, maydonda bor kuchlarini sarflashdi. Yigitlarni bu natija bilan tabriklamoqchiman», – dedi Montella UYEFA matbuot xizmatiga.

Turkiya 13 ochko jamg‘arib, D guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter