«Liverpul» PSV hujumchisining o‘yinlarini kuzatmoqda
Niderlandiyaning PSV klubi vingeri Yoxan Bakayoko «Liverpul»ning kelasi mavsumdagi yangi maqsadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu transfer taxminan 25 million yevroga tushishi mumkin.
Bakayokoning «Liverpul»ning maqsadli ro‘yxatiga kiritilishi Angliya Premyer-ligasi jamoasi o‘z tarkibini istiqbolli yosh iqtidorlar bilan kuchaytirishga intilayotganidan dalolat beradi.
20 yoshli belgiyalik futbolchining PSV bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 10 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Bakayoko PSV safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/