«Man Yunayted» muxlislari uchun navbatdagi yomon yangilik!

Lisandro Martines jarohati tufayli yangi operasiya qilinadi.

Avvalroq Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan 25 yoshli himoyachi aprel oyida oyog‘idan olgan jarohati qaytalanishi sababli 2-3 oyga safdan chiqqani haqida xabar berilgan edi. Futbolchi joriy mavsum boshida «Brayton» va «Bavariya»ga qarshi o‘yinda jarohati bilan o‘ynagandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, dushanba kuni Martines beshinchi oyoq suyagi singani uchun ikkinchi operasiyani o‘tkazadi. Futbolchi uch oygacha maydonga tusha olmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter