«Borussiya D» APL klublari nishonidagi futbolchisiga narx belgiladi

Dortmundning «Borussiya» klubi qanot hujumchisi Doniell Malenga yuqori narx belgiladi.

24 yoshli futbolchi so‘nggi oylardagi o‘yinlari tufayli top-klublar e’tiborini tortdi. «Liverpul» 2024 yilda transfer imkoniyatini hisobga olgan holda niderlandiyalik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sanaladi. Sportbild xabariga ko‘ra, «qizillar» yaqin kelajakda futbolchini sotib olish uchun kamida 60 million yevro sarflashlari kerak.

Doniell Malen joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ekspertlari “asalarilar” hujumi yetakchisining qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter