Rasman! Azar faoliyatini «Anderlext»da davom ettiradigan bo‘ldi

Qanot hujumchisi Torgan Azar Dortmundning “Borussiya” klubini “Anderlext”ga almashtirdi.

Belgiya klubi 30 yoshli futbolchini o‘zining yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirdi. Transfer narxi 4 million yevroga baholanmoqda.

Torgan Azar 2019/20 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan 25,5 million yevro evaziga “Borussiya Dortmund” safiga qo‘shilgan edi. Belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda «asalarilar» safida 123 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter