Messi bilan futbolka almashish u uchun kubok yutishdek gap

«Atlanta Yunayted» yarim himoyachisi Santyago Sosa AQSHda Lionel Messi bilan futbolka almashishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilardan biri edi. Futbolchi bu haqda gapirdi.

«Futbolchilar odatda har bir o‘yinda ikkitadan futbolkadan foydalanadilar. Messi menga birinchi bo‘limda o‘ynagan libosini berdi.

U bilan uchrashish abadiy qoladigan ajoyib xotiralarimdan biridir. Uning futbolkasini olish nafaqat men uchun, balki butun oilam uchun yoqimli lahzalarni beradi. Bu qaysidir ma’noda kubokka teng», dedi Sosa.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter